Sherali Jo'rayev

Qo`shiqchi
Sherali Jo'rayev
Tavallud sanasi:
12.04.1947

Sherali Jo'rayev 1947-yil Asakada tug'ilgan. U 1972-yil Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan. 1976-yil Mannon Uyg'ur nomidagi Toshkent davlat san'at institutini yakunlagan.

Sherali Jo'rayev o'zbek davlat estradasi (1972-1973), "Shodlik" ashula va raqs ansambli (1972-1979), Andijon viloyati filarmoniyasi (1979-1986), O'zbek davlat filarmoniyasi (1986-1996), "O'zbeknavo" birlashmasi (1999-yildan)da yakkaxon xonanda bo'lgan.

Sherali Jo'rayev qo'shiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sa'diy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jome' va boshqalar) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqalar) shoirlarning she'rlari tashkil etadi. 2008-yil Jo'rayev uyida Rumiyxonlik kechalarini uyushtirgan. Sherali Jo'rayev o'zining uzoq yillik ijodi davomida 600 dan oshiq qo'shiq yozib, ijro etgan. Uning eng mashhur qo'shiqlari orasida "Bahor ayyomi" (Bobur she'ri), "Birinchi muhabbatim" (Abdulla Oripov she'ri), "Inson qasidasi" (Erkin Vohidov she'ri), "Karvon", "Meni kutgil" (Konstantin Simonov she'ri), "Oshiqlar sardori" (Rasul Hamzatov she'ri), "O'zbegim" (Erkin Vohidov she'ri), "O'xshamas" (Alisher Navoiy g'azali) kabi o'nlab, balki yuzlab qo'shiqlari bor.


Sherali Jo'rayev aksar qo'shiqlarining kuyini o'zi bastalagan (jumladan, "Birinchi muhabbatim", "O'zbegim", "Karvon", "Achchiq haqiqat", "Yaralgan", "Oshiqlar sardori", "Inson qasidasi", "Oshiq bo'ling" va boshqalar). Ba'zi qo'shiqlarining she'rini ham o'zi yozgan. Xususan, "Bobo Dehqon", "Zamon", "Qarashlarga", "Ona Turkiston", "Sohibqiron", "Do'st bo'lsang, yonimda tur", "Qayon ketmoqdasiz'" qo'shiqlari shular jumlasidandir.
1992-yilda O'zteleradiokompaniyasi Sherali Jo'rayev ijodiga bag'ishlangan "Bir ulug' el bor jahonda" film-esse ishlagan. Qo'shiqchi Yevropa, Osiyo mamlakatlarida xizmat safarida bo'lgan.


Sh. Jo'rayev "Sherali va Oybarchin" filmiga ssenariy yozgan va o'zi ushbu filmda bosh rolni ijro etgan. Sherali Jo'rayevning ikki o'g'li va uch qizi bor. O'g'illari - Shohjahon va Zohirshoh Jo'rayevlar ham qo'shiqchilik yo'lini tanlagan.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/sherali-jorayev.html
Sayt foyda berdi!
87494 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi